Samarqandda katta futbol: «Dinamo» «Paxtakor»ga qarshi o‘ynaydi
- 11.08.2025 12:03
- 88
- Sport

Bugun Superliganing 18-turi doirasida chempionlik uchun jiddiy kurashayotgan «Dinamo» jamoasi Samarqandda «Paxtakor»ga qarshi bahs olib boradi.
O‘tgan turda «Dinamo» «Mash’al» ustidan 2:4 hisobida g‘alaba qozongandi, «Paxtakor» esa 1:2 hisobida «OKMK»ga mag‘lub bo‘lgan.
Turnir jadvalida «Dinamo» peshqadamlar safida 33 ochko to‘plab, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. «Paxtakor» 29 ochko bilan oltinchi o‘rindan joy olgan.
Samarqanddagi uchrashuv murosasiz kechishi kutilmoqda.
O‘yin soat 20:00 da boshlanadi va “Sport TV” orqali jonli efirga uzatiladi.
Olg‘a, “Dinamo”! Olg‘a, Samarqand!
Superliga. 18-tur
11 avgust (dushanba)
«Dinamo» — «Paxtakor»
Bosh hakam: Temur To‘xtasinov
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Zaxira hakami: Sardor Mirodilov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: To‘rabek Suyunov
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘g‘irchoq teatri qanday ishlayapti?
- 10 daqiqa avval
- Afisha
Ma’naviyat targ‘ibotchilari - Samarqandda
- 1 soat avval
- Madaniyat