Samarqandda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan sifatsiz go‘sht mahsulotlari manziliga yetib bormadi

2021 yilning 4 aprel kuni Bulung‘ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida viloyat IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi va Davlat veterinariya xizmati xodimlari hamkorligida “Qashqadaryo-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda, yukxonasi hamda salon qismida veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, taxminan 240 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsuloti to‘xtatib qolindi.

Ushbu go‘sht mahsulotlarining iste’molga yaroqli ekanligini tekshirish maqsadida undan namunalar olinib, veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasiga yuborildi, deyiladi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati axborotida.