Samarqandda ko‘mirga ehtiyoj qay tarzda qoplanadi?

Aholining gazlashmagan 442 mingta xonadonlariga 45 ming tonna ko‘mir va 30 ming tonna ko‘mir briketi yetkazib berish rejalashtirilgan.

Ijtimoiy soha ob’yektlariga 35,9 ming, jumladan, 9,4 ming tonna ko‘mir va 26,5 ming tonna ko‘mir briketiga yetkazib berish rejalashtirilgan.

Tartibga ko‘ra, ko‘mirni “Temiryo‘lyonilg‘ita’min” boshqarmasining Samarqand birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligining “Samarqand”, “Jomboy”, “Bulung‘ur”, “Maroqand”, “Kattaqo‘rg‘on”, “Zirabuloq” va “Ziyovuddin” temir yo‘l stansiyasidagi omborxonalaridan olish mumkin.

Bundan tashqari, Urgut va Qo‘shrabot tumanlarida ko‘mir va ko‘mir briketi sotish uchun 4 ta yangi ko‘mir shoxobchalari qurib, foydalanishga topshirilgan.

Urgut tumanidagi 2 ta shoxobchada 67 tonna ko‘mir briketi hamda Qo‘shrabot tumanidagi 2 ta shoxobchada 39 tonna ko‘mir briketi zaxira qilingan.

Biroq ayni paytda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan Samarqand viloyatidagi ijtimoiy soha ob’yektlari hamda aholi uchun rejalashtirilgan ko‘mir mahsulotlari “Temiryo‘lyonilg‘ita’min” boshqarmasining Samarqand birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligiga yetkazib berilmayapti.