Samarqandda «Orasta va sarishtali xonadon – qut-baraka manbai» shiori ostida «Ozodalik va obodlik» aksiyasiga start berildi

Samarqand viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan bugun - 18 martdan boshlangan «Ozodalik va obodlik» aksiyasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.

Masalan, ushbu aksiya aholi xonadonlarini namunali holatga keltirish, ozoda va saranjom-sarishta tutish ko‘nikmasini shakllantirish, fuqarolarning turmush madaniyati, mazkur jarayonlarda mahallada yashovchi xotin-qizlarning mas’uliyati va daxldorligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Aksiya mart-aprel oylarida o‘tkazilib, mahallalarda, har bir xonadonda ommaviy ravishda tashkil etiladi. Aksiya doirasida barcha mahallalardagi har bir xonadon ko‘zdan kechiriladi va 5 ballik tizim asosida baholanadi. Aksiyada faol qatnashgan va ozodaligi bo‘yicha yuqori ball to‘plagan xonadon sohibalari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Saytimizni kuzatib boring, bu haqda batafsil ma’lumotlar beramiz.