Samarqandda “O’zLiDePning yuz mingginchi a’zosi” aksiyasiga start berildi
Samarqandda O’zLiDePning a’zolari soni 90 mingdan oshdi. Joylarda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini keng targ‘ib qilish, a’zolar sonini ko‘paytirish hamda joriy yilda o‘tkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga o‘tkaziladigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan “O’zLiDePning yuz mingginchi a’zosi”aksiyasiga start berildi.
- Mazkur aksiya doirasida a’zolar qabul qilinib, 100 mingginchi a’zoga 100 sovg‘a taqdim etilishi ko‘zda tutilgan, - deydi O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashkiliy-partiyaviy ishlari bo‘lim boshlig‘i Jahongir Xo‘jamqo‘lov.
Ushbu aksiya doirasida partiya faollari tomonidan Oqdaryo tumanidagi “Zarafshon tekstel Loyish-2” tikuvchilik fabrikasida targ‘ibot tadbirlar o‘tkazildi. Unda partiyaning maqsad vazifalari, keyingi yillarda yurtimizda tadbirkorlik sohasining rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, “Har bir oila tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturlarining mazmun - mohiyatlari haqida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tikuv fabrikasida 400 nafar ishchi xodimlar mehnat qilib, 30 turdan ortiq keyim-kechaklar ishlab chiqariladi. Korxonada ishlab chiqargan mahsulotlarining 90 - foizdan ortig‘ini chetga eksport qilinmoqda. Targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida 100 yaqin ishchi-xodimlar partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirdilar.
Baxtigul Qarshiyeva,
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi matbuot kotibi.