Samarqandda qaysi sohalarda eng ko‘p korxona tashkil etilayotganini bilasizmi?

Joriy yilning 10 oyida davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 65640 tani va faoliyat yuritayotganlari 43494 tani tashkil etdi. Yanvar-oktyabr oylarida 7888 ta korxona va tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Faoliyat yuritayotgan korxona-tashkilotlarning 14873 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 7470 tasi savdo, 5896 tasi sanoat, 2764 tasi qurilish, 2312 tasi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 955 tasi tashish, saqlash, 658 tasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar, 487 tasi axborot va aloqa, 8079 tasi boshqa sohalarga to‘g‘ri kelmoqda.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.