Samarqandda sanoat klasterlari tashkil etiladi
Prezidentimizning 2020 yil 18 avgustda “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon asosida viloyatning eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish maqsadida viloyat hokimining qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, tegishli mas’ullar har bir hududda ishlab chiqarishni kengaytirish, raqobatdosh mahsulot chiqarishda ilm-fan, innovatsiya, loyihalashtirish, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini o‘z ichiga olgan “sanoat klasterlari”ni tashkil etish dasturi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
Sanoat va investitsiya bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlarni qayta hisob-kitob qilib, korxonabay ish rejalar tasdiqlanib, ijrosi nazoratga olinadi va har chorakda dasturlar ijrosi bo‘yicha axborot beriladi. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari topshiriqlarning mas’ul boshqarma va tashkilotlar, tijorat banklari hamda tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini nazorat qiladi.a