Samarqandda tez tibbiy yordam brigadasi avvalgilaridan 4 barobar tezroq chaqiriq manziliga yetib boryapti
Viloyatda tez tibbiy yordam stansiyalari va shoxobchalari 2016 yilgacha 51 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda ularning soni 169 tagacha oshirildi. Tibbiy xizmat uchun 20 dona “Damas” va 5 dona “UAZ” avtomobili viloyat byudjeti mablag‘lari hisobidan xarid qilindi. Maxsus avtotransportlar uchun jami 3,5 milliard so‘m ajratildi.
2019 yil 9 oyi davomida viloyat tez tibbiy yordam xizmatiga 660489 ta murojaat bo‘lib, xizmat tomonidan 583485 ta chaqiriq bajarilgan, 654885 nafar bemorga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 59628 nafar bemor shoshilinch ko‘rsatmalar bo‘yicha shifoxonalarga yotqizilgan.
Tez tibbiy yordam brigadalarida bitta chaqiriq uchun dori vositalariga 2018 yilda 3945,5 so‘m ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda 4046,8 so‘mni tashkil etadi. Hozirda viloyatda 260 dona tez tibbiy yordam avtomashinasi mavjud. Chaqiriq manziliga tez tibbiy yordam brigadasining yetib borish vaqti 30-35 daqiqadan 10-15 daqiqaga, chaqiriq manziliga kechikib borish ulushi 8,8 foizdan 2,3 foizga (4 barobarga) qadar kamaygan.