Samarqandda “Tez yordam”ning hududiy filialiga 20 ta “Volkswagen Caddy” avtomashinasi topshirildi
- 09.11.2023 10:19
- 71
- Salomatlik

Tibbiyot xodimlari kuni arafasida Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand filialining barcha stansiyalariga navbatdagi 20 dona “A” toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi.
Mazkur zamonaviy avtotransport vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda “Jizzakh Auto” o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq keltirilgan bo‘lib, bugun “103” xizmati stansiyalari mas’ullari avtomashinalarni qabul qilib oldi.
- Bugungi kunda viloyatimizdagi “103” xizmatidagi eskirgan avtoulovlar bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirilmoqda, - dedi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi S.Zayniyev. - Oxirgi besh yilda viloyatda 100 ta tez yordam mashinasi yangisiga almashtirildi. Yil yakuniga qadar viloyatdagi tez tibbiy yordam statsiyalariga yana 30 ta ana shunday transport vositasi keltirilishi rejalashtirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sabrni turmush o‘rtog‘imdan o‘rgandim
- 12/07, 17:07
- Mutolaa
Aksiya: “Suv - hayot demakdir!”
- 12/07, 15:14
- Samarqand
Har kuni o‘rtacha 6 kishi yo‘lda vafot etyapti
- 12/07, 14:46
- Dolzarb
Vatani yo‘q odam hech kimi yo‘q odamdir
- 12/07, 14:32
- Mutolaa
Oila muhiti jamiyatning kayfiyati mezoni
- 11/07, 19:39
- Jamiyat