Samarqandda tojikistonlik hamkorlar bilan 16 ta qo‘shma korxona faoliyat yurityapti
Hozirda viloyatimizda Tojikiston Respublikasi kompaniyalarining kapitali ishtirokida 13 ta qo‘shma korxona, 3 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda.
Jumladan, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “URGUT PROFNASTIL” qo‘shma korxonasi qurilish materiallari, “DIAMOND PETROL” va “EVRO CASINGS” qo‘shma korxonalari savdo xizmati, “SOCHAK EXPORT ENTERPRISES” mas’uliyati cheklangan jamiyati oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.
“SAMPAY" mas’uliyati cheklangan jamiyati xizmat ko‘rsatish sohasida, “AL TAHFIZ" qo‘shma korxonasi mebel ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda.
Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatimizning Tojikiston bilan tovar aylanmasi 23,6 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan 22,5 million dollarlik mahsulot eksport qilindi va 1,1 million dollarlik mahsulot importi amalga oshirildi. Eksport mahsulotlari asosan hayvonlar uchun ozuqa, matolar, metall buyumlar va boshqa mahsulotlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi axborot xizmati.