Samarqandda tug‘ish yoshidagi ayollarning 709,5 ming nafardan ortig‘i tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan
Perinatal markazi va tug‘ruqqa ko‘maklashuvchi muassasalarga viloyat byujetidan 1 milliard 650 million so‘m mablag‘ ajratilib, 30 ta zamonaviy tibbiy apparatlar xarid qilingan. Bundan tashqari, Turkiyaning “TIKA” hamkorlik tashkiloti tomonidan 3 ta “Kuvez” apparati berilgan.
Joriy yilning o‘tgan davrida tug‘ish yoshidagi ayollar va bolalar o‘rtasida kasallanish, o‘lim va nogironlikni kamaytirish maqsadida 1 million 8 ming 585 nafar tug‘ish yoshidagi ayollarning 709 ming 605 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Ko‘rikdan o‘tkazilganlarning 260 ming 219 nafarida turli ekstragenital kasalliklar aniqlangan. Kasallik aniqlangan 43 ming 169 nafari ayol statsionar, 217 ming 50 nafar ambulator sharoitda sog‘lomlashtirilgan.
O‘tgan davr mobaynida 1 million 400 ming 557 nafar 18 yoshgacha bo‘lgan bolalardan 1 million 31 ming 368 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘riklar natijasida 273 ming 288 nafar bolalarda turli kasalliklar aniqlanib, 71 ming 189 nafari statsionar, 202 ming 99 nafari ambulator sharoitda davolangan.