Samarqandda Turkmaniston kompaniyalari kapitali ishtirokida 8 ta korxona faoliyat yuritmoqda
Samarqand viloyati hamda Turkmaniston davlati o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘nalishida 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 11,3 mln. dollarlik mahsulotlar tovar aylanmasi amalga oshirilgan. Shundan eksport 1,9 mln. dollar, import 9,1 mln. dollarni tashkil etadi.
Shuningdek, 4 ta qo‘shma korxona, 4 ta xorijiy korxonasi faoliyat yuritmoqda. Masalan, Samarqand tumanida "NEW ECO CEMENT" MChJ (sement ishlab chiqarish), Samarqand shahridagi "FIFTH HEIGHT" xorijiy korxonasi (qurilish materiallari ishlab chiqarish), Samarqand shahridagi “MAQSADLI YO‘L” qo‘shma korxonasi (qurilish xizmatini tashkil etish).
Turkmaniston davlatiga qilingan eksport mahsulotlari asosan ipakchilik mahsulotlari, o‘rama metallar, gilam va gilam mahsulotalari, quritilgan meva va sabzavot mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa mahsulotlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Turkmaniston davlatidan olib kelingan import mahsulotlari asosan polietilen tovarlari, rangsiz oyna listlari, plastmassa chiqindilar, polipropilen, sintetik tola.