Samarqandda yonib ketgan yo‘lovchi avtobus haqida IIV bayonot berdi
- 30.05.2019 13:43
- 559
- O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida avtobus yonib ketgani tasvirlari tushirilgan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV maxsus bayonot berdi.
“2019 yil 29 may kuni soat 19.00 larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi 28 yoshli D.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusni Oqdaryo tumani Mustaqillik MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” yo‘lining 12 km.da boshqarib ketayotgan vaqtida avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in avtobusning elektr simlari qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bayonotida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa