Samarqandda zamonaviy sport maneji foydalanishga topshirildi
Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining qayta rekonstruksiya qilingan maneji foydalanishga topshirildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, Rossiyadagi jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori T.Mixaylova ishtirok etdi.
– Muassasa to‘liq zamonaviy sport inventarlari va sport jihozlari bilan ta’minlandi, – deydi maktab-internat direktori Rustam Mahmudov. – Bir vaqtning o‘zida 600 nafar sportchi mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega majmuada sportning 14 turi bilan shug‘ullanishi mumkin. Albatta, bu sharoitdan unumli foydalangan holda iqtidorli sportchilarni tayyorlab, xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilamiz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur sport inshootini ta’mirlash ishlariga 9 milliard 700 million so‘m va 32 turdagi yangi sport inventarlari uchun 250 million so‘m mablag‘ sarflangan.
A.PO‘LATOV, B.MUSTANOV (foto).