Samarqanddagi maktablarda mashg‘ulotlarni boshlash uchun 2 milliard 280 million so‘m mablag‘ ajratildi

Bu haqda viloyat moliya bosh boshqarmasi Zarnews.uz’ga ma’lum qildi. Qayd etilishicha, bu mablag‘ga pirometr va dozatorlar xarid qilinadi.

Maktablarda an’anaviy ta’limni boshlash uchun qilinadigan xarajat yana davom etadi. Negaki, maktablar antiseptik vositalar hamda kam ta’minlangan oila a’zosi bo‘lgan o‘quvchilarni tibbiy niqob bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori bilan joriy yil 10 sentyabrga qadar viloyatdagi umumta’lim maktablarini yetarli miqdorda sanitariya xavfsizlik jihozlari bilan ta’minlash haqida qaror qabul qilingan.

Qaror bilan shuningdek, maktablar infratuzilmasini yaxshilash, jumladan, 332 tasiga uzluksiz toza ichimlik suvini yetkazib berish, 380 tasini isitish tizimi va hojatxonalarni ta’mirlash belgilangan.