Samarqanddagi mardikor bozorida xotin-qizlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi
- 15.08.2019 16:42
- 520
- Samarqand

Xabaringiz bor, yaqinda viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Alimova bilan saytimizda suhbat berilgandi. Unda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi mardikor bozorida mehnat yarmarkasi tashkil etishni rejalashtirganmiz, degandi. Va’da qilingan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi yaqinda Samarqand tumanidagi ayollar mardikor bozorida tashkil etildi. Unda yuzga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir davomida viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Alimova yollanma mehnat bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlarning muammosini ham tingladi.
Xo‘sh, yollanma ish bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar ushbu yarmarkadan rozimi, ularning qanchasi korxona-tashkilotlarda ishga joylashdi? Saytimizni kuzatib boring, bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 1 soat avval
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 2 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 2 soat avval
- Mutolaa