Samarqanddagi maxsus maktab-internat o‘quvchilarining 20 nafari III chorak tahsilini yashash manzilidagi maktabda davom ettiradi
- 03.01.2020 17:13
- 169
- Ta’lim

Samarqand shahridagi 64-maxsus maktab-internati direktori A.Meliyevning ma’lum qilishicha, muassasa o‘quvchilarining 13 nafariga belgilangan muddat tugagani hamda yana 7 nafarining ta’lim-tarbiyasi ijobiy tomonga o‘zgargani uchun ularga o‘z yashash manzillariga qaytishga ruxsat berilgan.
Endi ular o‘qishni o‘sha yerdagi ta’lim maskanlarida davom ettirishadi.
– Bu o‘quvchilarimizni muassasamizning mas’ul xodimlari uylariga olib borib, ota-onalari va yaqinlariga topshirib, o‘sha yerdagi maktabga joylashtirib kelishadi – deydi A.Meliyev. – Men o‘zim ham Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yashaydigan to‘rt nafar o‘quvchimizni o‘z yashash manzillariga olib boryapman.
Teglar:
maktab-internat
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Baxtmi yoki baxtsizlikmi?
- Kecha, 15:35
- Mutolaa
Ota-onangizdan hech qachon uyalmang
- Kecha, 15:29
- Jamiyat
Artur aka, patirnon va qo‘y go‘shti
- Kecha, 15:25
- Mutolaa