Samarqanddan kimlar mukofotlandi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 sentyabrda e’lon qilingan «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz orasida Samarqanddan quyidagilar bor:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Temirgaliyev Farid Salixovich - Samarqand agro-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi
Xakimova Nortoji Muxamadiyevna - Kattaqo‘rg‘on shahridagi «Barkamol avlod» bolalar markazi direktori
«Do‘stlik» ordeni bilan
Krupskaya Nadejda Vladimirovna - Payariq tumanidagi 20-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi
«Shuhrat» medali bilan
Janibekov Baxtiyar Suleymanovich - Qo‘shrabot tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Mamarasulova Sabohat Shoqosimovna - Qo‘shrabot tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi
Mirzayeva Mahbuba Abduqodirovna - Urgut tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi
Norboyeva Nodira Nasrullayevna - Tayloq tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Suyarova Zebiniso Eshonkulovna - Bulung‘ur tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi
Talipov Erkin Daliyevich - Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi