Samarqanddan Nurota va Xivaga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
- 09.11.2020 11:55
- 941
- Samarqand
Mamlakatimiz aholisiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, qulay sharoitlarda va maqbul narxlarda yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazib qo‘yishni tashkil etish maqsadida Transport vazirligi va Navoiy viloyati hokimligi tashabbusi bilan “Uzautotrans service” MChJning Navoiy viloyati filiali tashkil etildi.
Kecha Navoiy shahriga “Uzautotrans service” korxonasining 20 dona zamonaviy “Yutong” rusumli avtobuslari keltirildi, deb xabar berdi Transport vazirligi axborot xizmati.
Karmana tumanidagi avtoshohbekatda “Navoiy – Toshkent”, “Navoiy – Qarshi”, “Navoiy – Urganch”, “Navoiy – Buxoro”, “Samarqand – Navoiy – Xiva” hamda “Samarqand – Navoiy – Nurota” shaharlararo yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa