Samarqandga bayram kunlari «Afrosiyob»ning yangi reyslari yo‘lga qo‘yiladi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’muriyati, mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olib, 2019 yil 1, 2, 3 sentyabr kunlari «Samarqand-Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qiladi.

“2019 yil 1, 2, 3 sentyabr kunlari «Samarqand-Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida harakatlanadigan №773/774-sonli «Afrosiyob» zamonaviy poyezdlari soat 11:08 da Samarqand vokzalidan, soat 17:00 da esa Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi”, - deyilgan xabarda.