Samarqandga Moderna vaksinasi keltirildi, uni kimlar olishi mumkin?
- 03.08.2021 15:48
- 1306
- COVID-19
Yaqinda O‘zbekistonga AQShdan 3 million doza Moderna kompaniyasi vaksinasi olib kelingan edi.
Vaksinalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining «COVAX» dasturi orqali ajratildi va AQShning Alabama shtatidan maxsus reys bilan O‘zbekistonga yetkazildi.
Ushbu preparatning samaradorligi 94 foizdan yuqori, emlash kursi bir oy oralig‘ida qo‘llaniladigan 2 dozadan iborat.
Samarqandga mazkur vaksinadan 275 ming 520 doza keltirildi va viloyatdagi barcha emlash punktlariga tarqatildi, deya bu haqdagi savolimizga javob beradi viloyat sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi matbuot xizmati.
18 yoshdan yuqori hamda vaksina olishi mumkin bo‘lgan aholining barcha qatlami mamlakatimizga keltirilgan boshqa vaksinalar qatori ushbu vaksinadan ham foydalanishlari mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 42 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand