Samarqandlik jurnalist va blogerlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
- 17.11.2021 14:34
- 150
- Salomatlik
1991 yilda Xalqaro diabet federatsiyasi hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qarori bilan 14 noyabr “Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni” sifatida belgilangan va har yili dunyo miqyosida ushbu sana keng nishonlanadi.
2006 yilda O‘zbekiston BMTning qandli diabet bo‘yicha konvensiyasiga qo‘shilgach, noyabrda “Diabetga qarshi kurash oyligi” o‘tkazish an’anaga kirdi. Ayni paytda yurtimizda ushbu oylik tadbirlari davom etmoqda.
Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali tomonidan bugun viloyat Matbuot uyida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda jurnalist va blogerlar, axborot xizmatlari xodimlariga qandli diabet bo‘yicha tushuncha berildi hamda ular bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 49 daqiqa avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa