Samarqandlik jurnalist - xalqaro tanlov g‘olibi

Qozog‘istonning Nursulton shahrida Yevropa Ittifoqi (YeI) Markaziy Osiyodagi delegatsiyalarining vakolatli rasmiylari va ushbu nufuzli tashkilotning "Biologik xilma-xillikni tiklash - bizning umumiy majburiyatimiz" tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi.

Tanlov Markaziy Osiyo: Suv, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik (WECOOP) loyihasi tomonidan bioxilma-xillikni yo‘qotish inqirozi, ekotizim tanazzuli, resurslarning kamayishi va iqlim o‘zgarishi, shuningdek, barqaror ishlab chiqarish va iste’mol shakllari kabi mavzularni qamrab oldi.

Unda jami 37 nafar jurnalist va bloger ishtirok etdi. Tanlovga ularning 70 ga yaqin maqola, videolavha va turli janrdagi ijodiy ishlari taqdim etildi. Natijalarga ko‘ra, olti nafar g‘olib aniqlandi. Ular orasida "Zarafshon" va "Samarqandskiy Vestnik" gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, muxbir Anastasiya Pavlenko ham bor. Quvonarlisi, uning "Zarafshon milliy bog‘i: vaziyat e’tibor talab qiladi" maqolasi tanlovning bosh sovriniga loyiq topildi.