Samarqandlik qancha abituriyent talaba bo‘ldi?
2021-2022 o‘quv yili uchun respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari yakunlandi. Xo‘sh, Samarqand viloyatidagi tuman (shahar)lar kesimida qancha abituriyent talaba bo‘ldi?
Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limining Zarnews.uz’ga xabar berishicha, respublika miqyosidagi oliy ta’lim muassasalariga viloyatimizdan 18989 nafar abituriyent talabalikka qabul qilingan.
Shundan abituriyentlar sonidan kelib chiqib, foizlar kesimida tahlil qilinganda, 1-, 2-, 3-o‘rinlar Samarqand shahri, Qo‘shrabot va Narpay tumanlariga nasib etgan bo‘lsa, oxirgi o‘rinlarni Samarqand, Jomboy va Urgut tumanlari egallagan.
Natijalar quyidagicha:
1. Samarqand shahri – 1804 nafar (22,5 foiz);
2. Qo‘shrabot tumani – 1322 (21,8 foiz)
3. Narpay tumani – 1237 nafar (21,5 foiz);
4. Paxtachi tumani – 1086 nafar (21,3 foiz);
5. Nurobod tumani – 1031 nafar (21 foiz);
6. Kattaqo‘rg‘on shahri – 429 nafar (20,6 foiz);
7. Payariq tumani – 1713 nafar (20,1 foiz);
8. Ishtixon tumani – 1505 nafar (19 foiz);
9. Kattaqo‘rg‘on tumani – 1242 nafar (18,9 foiz);
10. Oqdaryo tumani – 859 nafar (18,9 foiz);
11. Past Darg‘om tumani – 1711 nafar (18,2 foiz);
12. Bulung‘ur tumani – 1199 nafar (18,1 foiz);
13. Toyloq tumani – 853 nafar (17,2 foiz);
14. Samarqand tumani – 697 nafar (16,9 foiz);
15. Jomboy tumani – 744 nafar (16,4 foiz);
16. Urgut tumani – 1557 (16 foiz).