Samarqandning 2021 yilgi “Zulfiya”chi qizlari
Prezidentimizning kecha, 3 martdagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, respublikamizdagi a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ular orasida viloyatimizdan Feruza Xayrullayeva va Mohiniso Shomurodova bor.
Xayrullayeva Feruza Nurmat qizi - «Respublika yosh ijodkorlar kengashi» nodavlat notijorat tashkiloti matbuot kotibi.
1993 yilda Payariq tumani Ko‘lto‘sin mahallasida tug‘ilgan. Tumandagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan. So‘ngra O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 2019 yilda “Qaqnus parvozi” nomli kitobi chop etilgan.
Zulfiya nomidagi davlat mukofotining adabiyot yo‘nalishi sovrindori.
***
Shomurodova Mohiniso Shavkat qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi.
2001 yilda Narpay tumani Nog‘oraxona mahallasida tavallud topgan. Tumandagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan. 2018 yilda Respublika «Yosh kitobxon» tanlovida birinchi o‘rinni egallagan.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta’lim yo‘nalishi sovrindori.