Samarqandning eng faol jurnalistlari aniqlandi
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi boshqaruv hay’atining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat hokimligi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan “Samarqandning eng faol jurnalisti” tanlovi yakunlari ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, quyidagilar tanlov g‘oliblari deb topildi:
Bosma nashrlar yo‘nalishida
To‘lqin Siddiqov – viloyat “Zarafshon” gazetasi muxbiri
Viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik, ta’lim, turizm, yoshlar faoliyatini yoritishdagi faolligi uchun
Dilafro‘z Oblaqulova – viloyat “Ovozi Samarqand” gazetasi muxbiri
Hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xususan, ta’lim, jamiyatda faolbo‘lgan xotin-qizlar mavzusini yoritishdagi faolligiuchun
Tohir Hamidov – Kattaqo‘rg‘on shahar “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi muharriri
Hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, to‘ylar mavzusi, jamiyatda faolbo‘lgan zamondoshlar siymosini yoritishdagi faolligiuchun
Dilrabo Kamolova – Toyloq tumani“Qo‘shchinor” gazetasi muxbiri
Hududda ta’lim, madaniyat, ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya sohalaridagi o‘zgarishlarniyoritishdagi faolligi uchun
Internet jurnalistika yo‘nalishida
Shuhrat Shokirjonov – kun.uz veb-sayti muharriri, Samarqand viloyati bo‘yicha maxsus muxbiri
Viloyatning ijtimoiy-siyosiy, turizm salohiyati, qurilish, madaniy-ma’rifiy sohalarni yoritishdagi faolligi hamda turli yo‘nalishdagi tahliliy, tanqidiy mavzulardagi maqolalari uchun
Televideniye yo‘nalishida
Abdurasul Ashurov – viloyat teleradiokompaniyasi televideniye guruhi o‘z muxbiri
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari, xususan, “Davlat dasturi – amaldi”, “Inson qadri ulug‘”, “Ma’naviyat saboqlari”, “Murojaat va ijro” “Ehtirom” kabi mualliflik ko‘rsatuvlari uchun
Radio yo‘nalishida
Zilola Pirnazarova – viloyat teleradiokompaniyasi radio guruhi birinchi toifali muxbiri
Ijtimoiy-iqtisodiy, xususan, “Yoshlar siyosati”, “Tibbiyotdagi islohotlar”, “E’tibor va samara”, “Ekoturizm istiqbollari” kabi mualliflik eshittirishlari uchun
Axborot xizmati yo‘nalishi
Mansur Hasanov – viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati rahbari
Aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan “Adliyadan huquqiy yordam”, “Huquq taym”, “Adliya javob beradi”, “Mutaxassis sharhi” kabi loyihalari uchun