"Samarqand—Toshkent—Samarqand" yo‘nalishi bo‘yicha "Afrosiyob" poyezd qatnovi bittaga ko‘paydi
9 yanvardan har haftaning yakshanba kunlari "Samarqand—Toshkent—Samarqand" yo‘nalishida 767/768-sonli "Afrosiyob" zamonaviy poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Harakat jadvaliga ko‘ra, 767-sonli "Afrosiyob" poyezdi yakshanba kunlari soat 10:50 da "Samarqand—Toshkent" yo‘nalishida, 768-sonli "Afrosiyob" poyezdi esa shu kuni soat 13:40 da "Toshkent—Samarqand" yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.
Qayd etilishicha, shu bois amaldagi "Afrosiyob" poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi. Unga ko‘ra, bugungi kunda soat 08:30 da "Toshkent—Samarqand" yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan 764-sonli "Afrosiyob" zamonaviy poyezdi 9 yanvardan boshlab soat 07:00 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.
Har kuni soat 17:06 da "Samarqand—Toshkent" yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 763-sonli "Afrosiyob" poyezdi esa ushbu sanadan boshlab soat 16:40 da Samarqand temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.
Bugungi kunda soat 09:02 da "Toshkent—Buxoro" yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 770-sonli "Afrosiyob" poyezdi 9 yanvardan boshlab, soat 08:30 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi. Soat 15:02 da "Buxoro—Toshkent" yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 769-sonli "Afrosiyob" poyezdi esa ushbu sanadan boshlab, soat 15:27 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan harakatlanadi.
Shuningdek, soat 15:50 da "Buxoro—Toshkent" yo‘nalishida harakatini boshlaydigan 761-sonli "Afrosiyob" poyezdi mazkur sanadan boshlab, soat 15:52 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi. Soat 04:55 da "Buxoro—Toshkent" yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 765-sonli "Afrosiyob" poyezdi 9 yanvardan boshlab, soat 04:31 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.
Amaldagi boshqa "Afrosiyob" zamonaviy poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha harakatlanadi.