SamDChTIda AQShning Vebster universitetiga yana 60 nafar talaba qabul qilinadi
Samarqand davlat chet tillar institutida 2019-2020 o‘quv yilida magistratura ta’lim bosqichi bo‘yicha AQShning Vebster universiteti bilan hamkorlikda 1 yillik “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” (magistraturaga 40 nafar abituriyent qabul qilingan) ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgandi. Hozirda mazkur yo‘nalishda magistrantlarga AQShlik professor DJ Kaiser dars o‘tmoqda.
2020-2021 o‘quv yilida SamDChTIda Vebster universiteti hamkorligida MA-TESL “Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish” dasturi bo‘yicha 60 nafar talaba qabul qilinadi.
Kecha, 11 fevral kuni institut rektori Ilhom Tuxtasinov bilan Vebster universiteti professori DJ Kaiserlar o‘rtasida mazkur masala muhokama qilindi. Shuningdek, bakalavriat ta’lim bosqichida yangi yo‘nalish (dastur)larni ochish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, alohida bino ajratish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
SamDChTI matbuot xizmati.