SamDChTIda ingliz, xitoy, O‘zbekiston tarixi hamda psixologiya fanlaridan onlayn kurslar platformalari yaratildi

Yurtimiz talaba-yoshlarining masofadan ta’lim olish jarayonlari sifatini yanada oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida quyidagi fanlar yuzasidan onlayn kurslar platformalari (kompyuter va mobil versiyalari) ishlab chiqildi.

1. Ingliz tili onlayn kursi. Mazkur kurs “Ingliz tilini boshlang‘ich darajadan o‘rganuvchilar uchun” maxsus tashkil etilgan bo‘lib, 40 ta darsdan iborat va boshlang‘ich, o‘rta, murakkab qismlarga bo‘linadi.

2. Xitoy tili onlayn kursi (xitoy va ingliz tillarida olib boriladi). Mazkur kurs xitoy tilini boshlang‘ich darajadan o‘rganuvchilar uchun SamDChTIda faoliyat ko‘rsatayotgan xitoylik xitoy tili o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi. Shuningdek, 40 ta darsdan iborat va boshlang‘ich, o‘rta, murakkab qismlarga bo‘linadi.

3. O‘zbekiston tarixi onlayn kursi (rus tili guruhlarida tahsil oluvchi talabalar uchun ham). Ushbu kursda talaba-yoshlar Vatanimiz tarixining qadimgi davrdan hozirgi davrga qadar bo‘lgan barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishi uchun tashkil etildi.

4. Psixologiya onlayn kursi. Mazkur kursda inson ruhiyati, (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, diqqat) bilish jarayonlari va individual psixologik xususiyatlar (xarakter, temperament, qobiliyat, qiziqish, iste’dod) haqida bilimlarga ega bo‘ladi.

Yuqoridagi kurslarning onlayn videodarslari quyidagi ishlab chiqilgan platformalar va institutning rasmiy telegram kanalida jaylashtirilib boriladi.

- Onlayn kurslar platformasi

- Videodarslar platformasi

- Videodarslar telegram kanali

SamDChTI matbuot xizmati.