SamDTU dotsenti, I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi Yaxshinor Allayorov tibbiyot instituti universitetga aylangach, qanday o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qildi
Joriy yilning 1 aprel kuni Prezident qaroriga ko‘ra Samarqand davlat tibbiyot instituti universitetga aylantirildi.
Mazkur qaror bilan Samarqand tumani, O‘rtashiq qishlog‘ida joylashgan viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasi negizida Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi. Shuningdek, institutning birinchi va ikkinchi klinikalari negizida universitetning ko‘p tarmoqli klinikasi va ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining L.Isayev nomidagi filiali va uning klinikasi negizida universitet huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti va uning klinikasi, neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiyaga ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi hamda immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi yaratiladi.
Ushbu islohotlarning ortidan viloyatimizga chegaradosh bo‘lgan hududlar aholisiga ham tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari kengayadi.