SamDU 2023 yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka o‘qishga taklif qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga muvofiq, ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitish bo‘yicha Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2023 yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajyor-tadqiqotchilikka quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha QABUL E’LON QILADI
* Ushbu ixtisoslikka ajratilgan kvotaning 1 nafari Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’atining 2022 yil 29 apreldagi 19-son bayoni bilan tasdiqlangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha xotin-qizlar uchun ajratilgan maqsadli kvota.
Hujjatlar 2022 yil 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Tayanch doktoranturada (PhD) o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni “PDF” shaklida tayyorlab, oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboradi hamda ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumot (ob’yektivka namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumoti (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi.
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
- pasport nusxasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hujjati nusxasi (mavjud bo‘lsa);
- IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan sertifikatlar (mavjud bo‘lsa).
Doktoranturada (DSc) o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni “PDF” shaklida tayyorlab, oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboradi hamda ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumot (ob’yektivka, namuna bo‘yicha 3.5 shakl, o‘zbekcha va ruscha shaklda);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ma’lumoti, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining
batafsil loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);
- pasport nusxasi;
- ilmiy yutuqlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjati nusxasi).
Doktoranturaga (DSc) va stajyor-tadqiqotchilikka kirish uchun suhbat hamda tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari 1 noyabrdan 25 noyabrgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.
Batafsil ma’lumotlar www.samdu.uz saytida mavjud.
Manzil: Samarqand shahri Universitet xiyoboni, 15. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +99866-240-38-47.
Reklama