SamDU prorektori yordamchisi talabadan 800 dollarni olayotganda qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi departament va IIBning Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand davlat universiteti prorektori yordamchisi U.E. qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, yordamchi universitet talabasi S.ning ishonchiga kirib, uning o‘qishini oliy ta’lim vazirligida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali, Urganch davlat universitetiga ko‘chirib berishni va’da qilgan. O‘z xizmati evaziga 800 AQSh dollari so‘ragan.

Pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.E.ga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.