Saqichning foyda va zarari haqida bilasizmi?
Stomatologlar va gastroenterologlar saqichni tish cho‘tkasi bilan aralashtirmaslikni tavsiya qiladilar.
Saqichni chaynash jarayonida oshqozondagi suyuqlik shirasining ajralishi ortib, hazm qilish jarayoni yaxshilanadi.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi ovqat qoldiqlarining ma’lum qismini tozalaydi.
Ozish uchun tutiladigan parhezlarda saqichdan foydalanish, yegulik o‘rniga saqich chaynash qat’iyan ta’qiqlanadi.
O‘tkir ta’mli yeguliklarni iste’mol qilgandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘idagi havoni tozalaydi.
Saqich chaynashning foydasi uzog‘i bilan 10-15 daqiqagacha yetishi mumkin, undan oshmasligi lozim.
Muntazam saqich chaynash natijasida tishlar o‘rnidan qo‘zg‘alishi mumkin.
Och qoringa saqich chaynash salomatlik uchun zararli. Boisi bunda oshqozonda ishlab chiqariladigan shiraning ortishi kuzatilib, oqibatda gastrit, hatto oshqozon yarasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
Saqich chaynash vaqtida spirtli, gazli ichimliklar, tamaki chekish tavsiya etilmaydi. Sababi, saqich xususiyatiga ko‘ra turli konserogen moddalarni o‘ziga singdirib olib, so‘lak orqali organizmga tushiradi.