Saudiya Arabistoni Britaniya koronavirusi tufayli davlatga kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Bu haqda Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi ma’lumotga asoslanib, Saudi Press Agency xabar bermoqda.

3 yanvardan e’tiboran mamlakat chet ellardan tashrif buyuruvchilar uchun o‘z chegaralarini ochdi. Biroq yangi qoidalarga ko‘ra, so‘nggi 14 kun ichida Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika va virusning yangi turi tarqalgan boshqa davlatlarda bo‘lgan chet ellik fuqarolar mamlakatga kira olmaydi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni hududiga kirish istagidagi barcha chet el fuqarolari PSR testining salbiy natijalarini taqdim etishi va uch kundan 14 kungacha izolyasiyada bo‘lishlari shart.

Eslatib o‘tamiz, 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni koronavirusning yangi turi xavfi tufayli quruqlikdagi chegaralarini yopib, aviaparvozlarni to‘xtatgan edi.