Sayyoradagi hech bir davlatga tegishli bo‘lmagan yerlar

Hech kimga tegishli bo‘lmagan hududlar bu – hech bir davlat suverenitetiga bo‘ysunmaydigan yerlardir. Bir vaqtlar hatto butun bir qit’alar bo‘linmagan, biroq geografik kashfiyotlar va Yevropa mustamlakachiligi davri boshlangach, sayyorada shunday “egasiz” mintaqalar paydo bo‘lgan.

Bir-Tavil
2060 kvadrat kilometr maydonga ega yer Sudan va Misr davlatlari chegarasida joylashgan. Ajablanarlisi, ikki davlat ham Bir-Tavilga egalik qilishdan qat’iy voz kechib, keraksiz yerlarni bir-biriga surib qo‘yishga harakat qilib kelmoqda.

5 территорий планеты, которые не принадлежат ни одной из стран

Mintaqa XIX asrda Afrikaning ikkala davlatiga kolonial egalik qilgan Buyuk Britaniyaning siyosati tufayli shu ahvolga tushgan. 1898 yilda kelib inglizlar Misr va Sudan o‘rtasidagi chegarini 22-parallel bo‘ylab kesishdi. Biroq 1902 yilga kelib, Angliya yerni Misrga, boshqa mintaqa – Halayba uchburchagini esa Sudanga berish uchun bir yoqlama qaror chiqardi. Bu qarordan misrliklar g‘azabga keldi, negaki, bir paytlar ularga tegishli bo‘lgan uchburchak neft va unumdor yerlarga boy edi, Bir-Tavil esa quruq cho‘l.
1995 yilda uzoq davom etgan chegara to‘qnashuvlaridan so‘ng Misr Halaybani qaytarib oldi va Bir-Tavilni Sudanga qaytardi. Lekin mintaqa hech kimga kerakmas bo‘lib chiqib, bugungi kunda u yerda yashash xavfli va aholisiz qolmoqda.

Gornya Siga
Serbiya va Xorvatiya chegarasida joylashgan, zich o‘rmonli egasiz yer atigi 7 kvadrat kilometrni egallaydi. Bu hudud Yugoslaviya davlati parchalanganidan so‘ng egasiz bo‘lib qoldi va o‘shandan beri mustaqillikka erishgan davlatlar o‘rtasida hududiy nizolar to‘xtamagan.

5 территорий планеты, которые не принадлежат ни одной из стран

2015 yilda chexiyalik faol Vit Yedlichka u yerda virtual davlat yaratdi va turli mamlakatlardan kelgan 30 dan ortiq kishiga fuqarolik berdi. Shunga qaramasdan hudud bo‘sh qolishda davom etmoqda, Xorvatiya va Serbiya chegarachilari u yerga hech kimni kiritmayapti.

Antarktida, Meri Berd yerlari

5 территорий планеты, которые не принадлежат ни одной из стран

1959 yilgi konvensiyaga ko‘ra, Antarktida ijtimoiy mulk va neytral hudud sifatida tan olinib, u yerda faqat ilmiy faoliyatga ruxsat berilgan. Lekin ko‘plab davlatlar Antarktidaga da’vo qiladilar. Mabodo konvensiya bekor qilingudek bo‘lsa, qit’a shunchaki parchalanadi. 1951 yilda Yaponiya bu mintaqaga nisbatan hududiy da’volardan voz kechgandan so‘ng, bu region yagona haqiqiy “hech kimga tegishli bo‘lmagan yer” bo‘lib qoldi.
Sektorda ikkita Amerikaning «Berd», Rossiyaning “Rus” ilmiy stansiyalari qarovsiz qolib ketgan. Ikkala tomon ham kelajakda ushbu sohaga egalik qilish uchun kurashishga tayyor ekanliklarini ta’kilamoqda.

G‘arbiy Sahara
Afrikaning shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan 26 800 kvadrat kilometr hududni Yangi Zelandiya, Italiya yoki buyuk Britaniya bilan solishtirish mumkin. Hududning 96 foizini cho‘l egallagan bo‘lishiga qaramay, G‘arbiy Sahara neft, temir va fosforlarga boy, shuning uchun bu joyni qo‘lga kiritish uchun qo‘shni davlatlar o‘rtasida astoydil kurash olib borilmoqda.
Qizg‘in qarama-qarshilik Marokash va o‘zini o‘zi e’lon qilgan Sahara Arab Demokratik Respublikasi (SADR) o‘rtasida olib borilyapti. O‘z navbatida Jazoir SADRni faol qo‘llab quvvatlamoqda.

Skarboro qoyasi
Janubiy Xitoy dengizidagi 150 kvadrat kilometr maydonga ega ikkita orol neft va gazga boy. Shuning uchun bu joy Xitoy, Vetnam, Filippin, Malayziya, Bruney va Tayvan o‘rtasidagi bahs mavzusiga aylangan. Bu yerda aholi yashamaydi.

5 территорий планеты, которые не принадлежат ни одной из стран

Rasmiy ravishda Skarboro hech kimga tegishli emas. Biroq, Xitoy kuchli raqib sifatida qoyani amalda o‘zlashtirib olgan. Harbiy kemalar mintaqada patrullik qilib, begonalarni kiritmaydi. Chin mamlakati qoya XIII asrda xitoylik dengizchilar tomonidan kashf etilganligini dalil qilib xalqaro Sud qarorlari va qo‘shnilari noroziklarini e’tiborsiz qoldirib kelmoqda.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.