Sektor rahbarlari joylarda sayyor qabul o‘tkazadi
- 28.03.2019 16:39
- 139
- Samarqand
Viloyat hokimi E.Turdimov hamda viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Uzoqov tomonidan sektor rahbarlarining 2019 yil mart-aprel oylarida fuqarolarni ommaviy sayyor qabul qilish jadvali tasdiqlandi.
Viloyat hokimi
17 aprel kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida, 24 aprel Narpay tumanida, 27 aprel Samarqand shahrida;
Viloyat prokurori
30 mart kuni Qo‘shrabot tumanida, 3 aprel Ishtixon tumanida, 6 aprel Payariq tumanida;
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
4 aprel kuni Samarqand tumanida, 12 aprel Past Darg‘om tumanida, 20 aprel Nurobod tumanida;
Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i
31 mart kuni Oqdaryo tumanida, 6 aprel Jomboy tumanida, 16 aprel Tayloq tumanida, 25 aprel Bulung‘ur tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, qabullar joylardagi hokimliklar binosida soat 9:00 dan boshlanadi.