ShHT Sammitida Samarqand shahridagi mehmonxona va restoranlar yuqori sifatli xizmat ko‘rsatadi

Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammiti ishtirokchilariga mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmati ko‘rsatilishi davomida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat turizm va madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i R.Qobilov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bosh mutaxassisi A.Ismoilov va mutaxassislar hamda Sammitga jalb etilgan mehmonxona va restoranlar rahbarlari, ish boshqaruvchilari, bosh oshpaz, oziq-ovqat ombori mudirlari lavozimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi.

Mutaxassislar tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti ishtirokchilari, mehmonlar, xo‘randa va turistlarga mehmonxona va restoranlarda yuqori sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatilishi hamda sanitariya-gigiyena holatlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda ShHT sammiti o‘tkaziladi.