Shifokor va o‘qituvchilar uchun  imtiyozli mobil tariflar joriy etildi

Butun O‘zbekiston ta’lim tizimi masofaviy ta’limga o‘tdi, onlayn darslar o‘tkazilmoqda.

Nega shifokorlar va o‘qituvchilar uchun mobil internetlardan foydalanish uchun imtiyozli tariflar taqdim etilmayapti?

Ushbu savolga bugun AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda AKT vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov javob berdi.

Ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga yuqori darajada qulayliklar yaratish maqsadida "O‘zbektelekom" AK joriy yil 10 apreldan boshlab maxsus "Ta’lim" tarif rejasini joriy qildi.

- Ushbu "Ta’lim" tarif rejasi bir oylik abonent to‘lovi 29900 so‘m bo‘lib, 1000 daqiqa limit, 4 ming megabayt limit va 200 SMS taqdim etiladi.

- Beeline kompaniyasi shu kunlarda tibbiyot xodimlariga maxsus "Shifokor" tarif rejasi doirasida yangi bonuslarni tadim etmoqda.

Kompaniya tibbiyot xodimlari uchun 2020 yilning 10 maygacha 5 ming daqiqa va 5 ming megabayt bepul taqdim etmoqda.