Shimoliy Koreya yana raketa uchirdi, Yaponiya bunga norozilik bildirdi

Shimoliy Koreya yakshanba kuni Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi, deb xabar bermoqda «Renxap» agentligi Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi (JKSh)ga tayanib.

Qo‘mita Shimoliy Pxenyan viloyatidan qisqa masofali ballistik raketa uchirilganini aniqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa taxminan 600 kilometr masofani bosib o‘tgan, maksimal parvoz balandligi taxminan 60 kilometr, tezligi esa 5 Max atrofida bo‘lgan.

Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar razvedka idoralari "boshqa tafsilotlarni aniqlash uchun batafsil tahlil o‘tkazmoqda", deyiladi bayonotda.

«Renxap» agentligining yozishicha, uchirilgandan ko‘p o‘tmay, Janubiy Koreyaning JKSh raisi Kim Seung Gyum va AQShning Janubiy Koreyadagi harbiy kontingenti qo‘mondoni Pol Lakamera xavfsizlikni muvofiqlashtirishni muhokama qilishgan va “Shimoliy Koreyaning har qanday tahdidlari va provokatsiyalariga qarshi birgalikda mudofaa pozitsiyasi yanada kuchaytirilishini tasdiqlashgan".

Shuningdek, Yaponiya hukumati diplomatik kanallar orqali Shimoliy Koreyaning taxminan ballistik raketa uchirilishi yuzasidan norozilik bildirdi, dedi mudofaa vaziri Yasukazu Hamada matbuot anjumanida.

"Shimoliy Koreyaning Ukrainada davom etayotgan vaziyat fonida raketa uchirishini mutlaqo oqlab bo‘lmaydi. Bu BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalari qoidalarini buzishdir. Biz bu harakatlarni keskin qoralaymiz va Pekindagi diplomatik kanallar orqali Shimoliy Koreyaga o‘z noroziligimizni yo‘llaymiz» dedi u.