Shimoliy Koreyaning uchirilgan navbatdagi raketasi AQShga yetib borishi mumkin

Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ballistik raketa 14 000 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir va u AQShga yetib borishi mumkin. Bu xabarni Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

"Bu sinov tinchlik va barqarorlikka putur yetkazish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir", deyiladi xabarda.

Pxenyan yangi raketasini uchirishdan oldin AQSh va Janubiy Koreyaning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga misli ko‘rilmagan darajada qattiq javob berish bilan tahdid qilgan edi. Seul shimoliy qo‘shnisining bunday harakatlari BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyalarini buzishini ta’kidladi.

Shuningdek, ballistik raketa sinovi G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan ham qoralangan.