Shtrix-kodni kim ixtiro qilgan?

Mahsulot, ishlab chiqaruvchi yoki xaridor haqidagi ma’lumotlarni shifrlovchi tasvir shtrixli kod zamonaviy dunyoning ajralmas qismidir, texnik vositalar yordamida o‘qishga imkon beruvchi grafika mahsulot nomi va narxini tezda aniqlashga yordam beradi.

Mavjudligi davomida ushbu texnologiya uzoq yo‘lni bosib o‘tdi va juda ko‘p marotaba o‘zgardi. Endilikda qora va oq chiziqlar yoki boshqa geometrik shakllar ketma-ketligidagi shtrix-kod savdoda tovarlar hisobga olish jarayonini yuzlab marta qisqartirib, odamlarni do‘konlardagi uzun navbatlardan xalos qilmoqda.

Xo‘sh, shtrix-kodni kim ixtiro qilgan?


Shtrixli kodga qaragan kishi uning ostidagi chiziqlar bilan shifrlangan raqamlarni ko‘radi. Unga yo‘naltirilgan skaner u bir zumda raqamlar kombinasiyasini o‘qib tahlil qiladi va darhol mahsulotni ma’lumotlar bazasida topadi.

Shtrix-kod AQShda turli ixtirochilar tomonidan bir-biridan mustaqil ravishda ixtiro qilingan. 1949 yilda Dreksel texnologiya instituti aspirantlari Jozef Vudlend va Bernard Silver yopiq qutilardagi tovarlarni avtomatik ravishda aniqlash imkonini beradigan markalash texnologiyasini patentladilar.


Bu ixtiro Morze alifbosiga asoslangan edi: aspirantlar nuqta va tirelarni ko‘ndalang tarzda cho‘zishdi va ularni o‘qiy oladigan skanerni yig‘ishdi. Foydalanuvchiga signallarning vizual ko‘rinishini ta’minlash uchun asosiy ehtiyot qismlar sifatida ossillograf va foto ko‘paytirgichdan foydalanildi.

1961 yilda muhandis Devid Kollinz temir yo‘l vagonlaridagi sariq va ko‘k chiziqlar ketma-ketligida bo‘lgan markirovkalarni o‘qiydigan qurilmani ixtiro qildi. Bu texnologiya Vudlend va Silver ixtirosiga juda o‘xshash edi.

1971 yilda IBM kompaniyasi ushbu texnologiyalarga qiziqa boshladi. O‘sha paytda Vudlend u yerda ishlardi va uning rahbarligida birinchi UPC shtrix-kod standarti va skanerlari yaratildi. U bilan jihozlangan mahsulotlar 1974 yilda sotuvga chiqarildi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.