Shvetsariyaliklar Samarqandda ichimlik suvi sifatini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirdi

Shvetsariyaning "Holinger AG" kompaniyasi jamoa rahbari Filipp Derungs, moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Frederik Pitsner, Shvetsariyaning Toshkentdagi elchixonasi milliy dasturlar bo‘yicha koordinatori Dildora Obidjonova Samarqand viloyati "Suvoqova" davlat unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Mehmonlar mazkur korxonada korporativ rivojlantirish dasturini amalga oshirish, viloyat aholisiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifatini yanada yaxshilash, tejamkorlikni oshirish borasida o‘z takliflarini bildirishdi. Uchrashuv yakunida sohani rivojlantirishga doir bir qator loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish rejalari ishlab chiqildi.

Samarqand viloyati "Suvoqova" DUK axborot xizmati.