Sindzo Abe diniy tariqat vakillaridan o‘ch olish uchun o‘ldirilgani rostmi?

Kecha, 9 iyul kuni Nara politsiyasi boshlig‘i Tomoaki Onizuka matbuot anjumani o‘tkazib, politsiya yetarli darajada xavfsizlikni ta’minlamagani va uning bo‘limi Bosh vazirning o‘ldirilishining oldini olmagani uchun aybni o‘z zimmasiga olgan

Abening qotili 41 yoshli Tesuya Yamagami esa diniy tariqat vakillaridan o‘ch olish uchun Yaponiyaning sobiq Bosh vazirini o‘ldirganini aytmoqda.

Qayd etilishicha, Tesuya Yamagamining onasi diniy tariqat guruhiga katta miqdorda pul o‘tkazgan. Bu esa o‘g‘liga yoqmagan. Qasos sifatida u dastlab tariqat yetakchisini yo‘q qilishga tayyorlangan. Biroq Yamagami ushbu diniy uyushmani Sindzo Abe bilan bog‘liq degan fikr bilan sobiq Bosh vazirni o‘ldirishga qaror qilgan.

Aytish kerakki, avvalroq, hujumchi o‘z qilmishini Abening siyosati va xatti-harakati unga yoqmasligi bilan izohlab, biroq u sobiq Bosh vazirning bevosita siyosiy qarashlariga qarshi hech qanday adovati yo‘qligini ta’kidlagandi.