Sir tutilgan yadroviy halokatlar minglab odamlarning qurbon bo‘lishiga sabab bulgan

Bugun barcha yadroni kelajak energiyasi deb atamoqda. Rostdan ham shundaymikan? Insoniyat yarim asrdan beri u bilan tanish bo‘lsa-da, hamon uni «jilovlash» davom etmoqda. Ammo inson qo‘li bilan yaratilib, ezgu maqsadlar yo‘lida foydalanilayotgan ushbu kelajak  energiyasi sababli yuz bergan har bir halokatlar qanchadan-qancha odamlarning umriga zomin bo‘lgan. Qattiq sir tutilgani tufayli ular haqidagi ma’lumotlar oshkor qilinmagan.

1987 yili Braziliyaning Goyaniya radioterapiya instituti xodimlari ehtiyotsizlik sababli kuchli nur tarqatuvchi noyob uskunani qarovsiz qoldirishdi. Natijada u talonchilar qo‘liga tushib qoladi. Uskuna tarkibidagi yaltiroq metall parchalari tufali o‘g‘rilar uni sotib yaxshigina daromad qilishni fikr qilib, uni metallom qabul qiluvchi shoxobchaga olib bormoqchi bo‘lishadi. Ular kuni bilan shaharcha bo‘ylab aylanib, o‘zidan kuchli zaharli nur tarqatuvchi uskunani olib yuraverishadi. Natijada nafaqat, talonchilar balki, shaharchada istiqomat qiluvchi 250 nafardan ziyod aholi katta miqdorda radiatsiya nuri ta’sirida qoladi. Bu esa o‘g‘rilarga juda qimmatga tushdi.

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi Kishtim shaharchasida radioaktiv chiqindilarni qayta ishlaydigan «Mayak» kimyo zavodi joylashgan. 1957 yilning sentyabrida sovutish tizimidagi nosozlik tufayli chiqindilar bilan to‘la idishlarning birida portlash sodir bo‘ldi. Natijada atmosferaga ko‘p hajmdagi radioaktiv moddalar ko‘tarildi. Ular havoda yaxlit bulut hosil qilib 500 kv.m maydonni qoplab oldi. Zudlik bilan hududdan 10.000 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi. Ko‘rilgan tezkor harakatlarga qaramasdan bir haftada nurlanish tufayli 300 nafar odam halok bo‘ldi.

Xuddi shu vaqtda Buyuk Britaniyaning Uindskeyl provinsiyasida joylashgan plutoniy ishlab chiqarishga mo‘ljallangan reaktorda ham yong‘in ko‘tarildi. Uni o‘chirish vaqtida to‘planib qolgan suv oqib daryoga qo‘yildi. Bir necha yildan so‘ng mazkur hududda yashovchi aholi o‘rtasida tarqalgan saraton kasalligi tufayli 300 nafar odam vafot etganligi ma’lum bo‘ldi, deyiladi Rambler agentligi tarqatgan ma’lumotda.

Dilmurod TO‘XTAYeV tayyorladi.