“Snos”ga tushgan imorat uchun 75,5 million so‘m to‘lab beriladi

Viloyat hokimining sayyor qabulida Samarqand shahri, Rasadxona mahallasida yashovchi Turg‘un G‘ofurov uyining bir qismi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun buzilganiga qariyb bir yil bo‘lgan. Ammo unga “snos” qilingan imorati uchun baholangan 75 million 500 ming so‘m haligacha to‘lab berilmagan.

- Ushbu muammo bo‘yicha viloyat hokimiga murojaat qildim, - deydi T.G‘ofurov. - Hokim viloyat moliya boshqarmasi mutasaddilariga bir hafta ichida va’da qilingan pul mablag‘ini to‘lab berish yuzasidan topshiriq berdi.

Sayyor qabulda shu paytgacha Samarqand shahri aholisining 250 dan ziyod murojaatlari tinglandi.

To‘lqin SIDDIQOV.