"Soatli bombaga aylanishi mumkin": Nikol Pashinyan Qorabog‘ armanlarini Yerevanda joylashtirmoqchi emas

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjonning Qorabog‘ hududidan o‘z ixtiyori bilan chiqib ketayotgan armanlar hech qanday sharoitda Yerevanda joylashtirilmasligi haqida ma’lum qildi. Chunki ular Armaniston rasmiylari uchun soatli bombaga aylanishi mumkin.

Bu haqda "Graparak"ga tayanib Vesti.az xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Armanistonning hukmron hukumati Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘da 20 mingga yaqin arman qolishi uchun harakat qiladi, deb hisoblamoqda. Bu Qorabog‘ hududida RMK (Rossiya mis kompaniyasi) mavjudligini oqlash uchun zarur.

Bugungi holatga Tog‘li Qorabog‘dan Armaniston Respublikasiga qariyb 14 ming kishi kirib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon 19 sentyabr kuni tushdan keyin Qorabog‘da "aksilterror choralari" boshlanganini e’lon qildi. Bir kun o‘tib Boku armiya arman harbiylarining 90 dan ortiq jangovar pozitsiyalari va bir qancha strategik balandliklarni nazoratga olishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston qurolli kuchlari 2021 yil avgustidan beri Qorabog‘ hududida yo‘q. 20 sentyabr kuni tushga yaqin Boku va Stepanakert “Tog‘li Qorabog‘ mudofaa armiyasi”ni to‘liq qurolsizlantirish va Armaniston Qurolli Kuchlarning “qolgan bo‘linmalari va harbiy xizmatchilari”ni olib chiqib ketish sharti bilan Tog‘li Qorabog‘da sulh e’lon qilgani ma’lum bo‘ldi. 21 sentyabr kuni Yevlaxda Ozarbayjon va Qorabog‘ armanlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan.