So‘nggi paytda nega koronavirus aholi orasida ko‘paymoqda?

AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda mutaxassis nega koronavirus aholi orasida ko‘paygani yuzasidan fikr bildirdi:

— Karantin choralari yumshatilganidan so‘ng ko‘pchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ydi. Niqoblarni haftalab almashtirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qo‘yishdi. Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi.

Nurmat Otabekov aholi orasida kasallanish sur’ati shu tarzda oshib borsa, karantin tadbirlari yanada kuchaytirilishi mumkinligini ta’kidladi.