Soyadagi milliarderlar: Ismlari ko‘pchilikka noma’lum dunyodagi “super boy” odamlar

Ilon Mask, Mark Sukerberg yoki Bill Geyts - bu deyarli har kuni ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘ladigan boy odamlarning ismlari. Ularni butun dunyo biladi va ular o‘z aktivlaridagimilliardlab dollarlari borligini hech kimdan yashirmaydi.
Dunyoda bunday muvaffaqiyatli erkak va ayollar juda ko‘p. Bu odamlarning mahsulotlari va xizmatlaridan hamma foydalansa-da, ismlari kam odamga ma’lum, ular ommaviy axborot vositalarining shov-shuvlaridan uzoqda yashashni afzal ko‘radi va ko‘pchiligi o‘z boyligi va mavqeidan boshqalarga yordam berish uchun foydalanadi.
Shokolad qirolichasi
Eng yirik shirinliklar ishlab chiqaruvchilardan biri Mariya Franka Fissolo tarkibiga “Nutella”, “Kinder”, “TicTac”, “Mon Cheri” va “Ferrero Rocher”kabi taniqli brendlar kiradigan “Ferrero”brendining egasi. Hozirda 84 yoshda bo‘lgan ayolning boyligi 2,2 milliard dollarni tashkil qiladi. Uo‘g‘li Jovanni Ferrero bilan oilaviy biznesni boshqarib kelmoqda.
Internet-do‘kon qiroli
Amerikada yashovchi kelib chiqishi eronlik Pyer Omidyar nafaqat saxovatpesha milliarder, balki 6,4 milliard dollar boylikka ega texnologiktadbirkor va dasturiy ta’minot investoridir. U odamlarga o‘zlari xohlagan narsani sotib olish va savdo qilish imkonini beradigan “eBay” saytiasoschilaridan biridir.
“Snapchat” qiroli
AQShdagi odamlarga fotosuratlar almashinuvi va "istoriyalar"da to‘plangan fotosuratlar va videolarni joylashtirish imkonini beradigan eng mashhur ilovalaridan biri “Snapchat”niAmerikadan tashqarida ham ko‘plar biladi. 2020 yil holatiga ko‘ra, bu kompaniya 50 milliard dollarga baholangan edi. Ilovaga Stenford universiteti talabalari - iqtidorli dasturchi va juda yosh milliarder Bobbi Merfi asos solgan.
Moda qiroli
Ispaniyalik milliarder Amansio Ortyeganingboyligi 108,1 milliard dollardan oshadi. Uning mashhur bo‘lmagan “Inditex” kompaniyasiko‘pchilikka unchalik tanish bo‘lmasligi mumkin. Lekin “Zara”ni taniydiganlar juda ko‘p bo‘lsa kerak. Ha, bu mashhur moda brendi Amansioga tegishli. Shuningdek, “Gravis”, “Confecciones Goa”, “Bershka” va “Fundacin Amancio Ortego” brendlari ham unga tegishli. Ispaniyadagi eng boy odamAmansio Ortyega shu yil o‘zining 87 yoshini nishonladi.
OAV qirolichasi
“Cosmopolitan”, “Esquire”, “ESPN” va boshqanashrlarni o‘z ichiga olgan yirik “Hearst Corporation” media konglomerati Randolf Hyerst tomonidan asos solingan. Imperiya vorisi,Fordham universiteti bitiruvchisi, Marie Claire”jurnalining muharriri go‘zal Amanda Hyerstendilikda mahsulotlarini axloqiy jihatdoirasida ishlab chiqaradigan hashamatli “Maison de Mode” brendiga asos soldi. Boshqa narsalar qatorida, Amanda hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha bir nechta tashkilotlarni ham tuzdi.
WhatsApp qiroli
Ukrainada tug‘ilgan Yan Kum 1990 yilning boshlarida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ko‘chib o‘tgan. O‘qish paytida u “Ernst&Young”kompaniyasida xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis sifatida ishlagan. Shuningdek, Kum “w00w10” xakerlar guruhining a’zosi edi. Hozirda “Forbes”iqtidorli dasturchi boyligini 16 milliard dollarga baholamoqda. Kumning asosiy aktivi “Facebook” tarmoq giganti aksiyalarida yashiringan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.