Sport xabarlari
Yengil atletika
Samarqand shahridagi olimpiya zaxiralari tayyorlash majmuasida 2006-2007 yillarda tug‘ilgan qiz va o‘g‘il bolalar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada sportchilar 60, 600, 1000 metrga yugurish, 60 metrga to‘siqlar osha yugurish, yadro uloqtirish, uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash, 4x200 estafeta yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bellashdi.
Chempionat yakunida samarqandlik Sharifa Davronova 60 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda oltin medalni, uzunlikka sakrash bahsida esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida Toshkent shahri g‘olib deb topildi.
Karate
Samarqand shahridagi sportning yakka kurash turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida bolalar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida karate VKF bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.
100 dan ortiq karatechilar bellashgan musobaqada umumjamoa hisobida Samarqand shahri birinchi o‘rinni egalladi.
B.MUSTANOV.