«Sputnik V» vaksinasi qo‘llanmasiga yangi ogohlantirish qo‘shildi
Xabaringiz bor, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020 yil avgust oyida «Sputnik V» vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. O‘zbekiston 2020 yil dekabr oyida Rossiyaga 1 million doza «Sputnik V» vaksinasiga buyurtma berdi.
Preparat Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya sohasidagi ilmiy muassasa (NITsEM) tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu vaksina COVID-19 profilaktikasi bo‘yicha dunyoda birinchilardan bo‘ldi.
“Sputnik V” inson adenovirus vektorlarining o‘rganilgan va tasdiqlangan platformasida yaratilgan. Preparatning muhim afzalliklari - bu xavfsizlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yo‘qligi. “Sputnik V” samaradorligi 90 foizdan oshadi va emlash koronavirus infeksiyasining og‘ir holatlaridan to‘liq himoya qiladi.
Yaqinda ushbu vaksinadan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma yaratildi. Unda xavfli o‘smalari bor kishilar «Sputnik V» vaksinasidan ehtiyotkorlik bilan foydalanishi lozim, deyiladi. Ogohlantirish preparatning saraton kasalligiga ta’siri haqida ma’lumot yetishmasligi bilan izohlanadi.
"Axborot yetishmasligi tufayli emlash quyidagi bemorlar guruhi uchun xavf tug‘dirishi mumkin: autoimmun kasalliklar bilan (immunitet tizimini qo‘zg‘atish kasallikning kuchayishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa, og‘ir va hayot uchun xavfli rivojlanishga moyil bo‘lgan autoimmun patologiyasi bo‘lgan bemorlar ehtiyotkorlikni oshirishi kerak); xavfli yangi o‘smalar bilan", - deyiladi yo‘riqnomada.